15:17 / 03.03.2022
6058

AQShda TikTok’ning voyaga yetmaganlarga ta’sirini o‘rganish boshlandi

Prokurorlar servisning bolalar va o‘smirlar sog‘ligiga ta’siri, TikTok ularni o‘ziga jalb qilish uchun qanday usullardan foydalanishi, o‘smirlarning servisda o‘tkazadigan vaqtini o‘rganishadi.

Foto: Getty Images

AQShning bir nechta shtatlari bosh prokurorlari TikTok videoservisiga nisbatan o‘rganish ishlarini boshladi – ular servisning o‘smirlar ruhiyatiga ta’sirini tekshiradi.

Tekshiruv Kaliforniya, Florida, Kentukki, Massachusets, Nebraska, Nyu-Jyersi, Tennessi va Vermont shtatlari prokurorlari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, prokurorlar servisning bolalar va o‘smirlar sog‘ligiga ta’siri, TikTok ularni o‘ziga jalb qilish uchun qanday usullardan foydalanishi, o‘smirlarning servisda o‘tkazadigan vaqtini o‘rganishadi.

O‘tgan yil noyabrida mazkur shtatlar bosh prokurorlari Instagram’ga nisbatan ana shunday tekshiruv boshlagandi.

Mavzuga oid
Top