07:31 / 03.03.2022
12540

OAV: Germaniya Usmonovning yaxtasini xatlovga oldi

Alisher Usmonov “Dilbar”ni 2016 yilda Lurssen kemasozlik kompaniyasidan 600 mln dollarga sotib olgan.

Foto: Reuters

Germaniya hukumati rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning “Dilbar” nomli yaxtasini xatlab qo‘ydi. Narxi 600 mln dollarga teng bo‘lgan yaxta Hamburgdagi Blohm+Voss kemasozlik firmasida qayta jihozlash uchun turgandi, deb yozadi Forbes.

Nashr manbalarining ma’lumot berishicha, “Dilbar” Yevroittifoq Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalar joriy etganidan ikki kun o‘tib xatlovga olingan.

Yaxta o‘tgan yil oktyabridan buyon Hamburgdagi verfda edi.

Alisher Usmonov “Dilbar”ni 2016 yilda Lurssen kemasozlik kompaniyasidan 600 mln dollarga sotib olgan. Yaxta 52 oy davomida qurib bitkazilgan.

Ma’lumot berilishicha, “Dilbar” 15 917 tonna suv sig‘imi bilan dunyodagi eng katta motorli yaxta hisoblanadi. Unda ulkan basseyn, ikkita vertolyot maydonchasi, sauna, go‘zallik saloni va sport zali bor. Yaxtaning 12ta lyuks xonasiga 24 kishi joylashishi mumkin.

Top