12:00 / 03.03.2022
4093

KS Lux – yuqori sifatli dekorativ materiallarning yangi multibrend shourumi

Foto: KS Lux

O‘tgan haftada poytaxtimiz aholisi uchun Italiya, Germaniya va Rossiyada ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlarning keng assortimentini taqdim etuvchi KS Lux multibrend dekorativ materiallari shourumining rasmiy tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida O‘zbekistondagi xorij elchixonalari xodimlari, shourum hamkorlari, shuningdek, dizaynerlar, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Foto: KS Lux

KS Lux shourum direktori Bahodir Ahrorov Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi viza bo‘limi boshlig‘i Atilla Pataki va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Aysa Mukabenova bilan birgalikda qizil lentani kesib, shu orqali ko‘rgazma zalini rasman ishga tushirdi.

«Muvaffaqiyatimiz doimiy hamkorlarimiz sifatida ishonchliligi vaqt sinovidan o‘tgan ishlab chiqaruvchilarni tanlaganimiz bilan bog‘liq. Mijozlarimizni barcha xalqaro standartlarga javob beradigan o‘ta yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash biz uchun muhim», - dedi Bahodir Ahrorov.

 – Mana shunday platformalarda hamkorlik aloqalari va munosabatlar o‘rnatiladi, o‘zaro manfaatli loyihalar bo‘yicha kelishuvlar yo‘lga qo‘yiladi, - dedi Aysa Mukabenova.

«Ushbu tadbir Italiya va O‘zbekistonning yirik kompaniyalari o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning boshlanishi bo‘ladi, deb umid qilamiz. Bizni xursand qilgan jihat shuki, shourumda Italiya ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ham namoyish etilgan bo‘lib, ularni nafaqat yuksak darajadagi sifati, balki Italiya madaniyati va tarixiy an’analarini aks ettirishi jihatidan ham baholash mumkin», - ta’kidladi Atilla Pataki o‘z nutqida.

Foto: KS Lux

KS Lux mijozlarga eng yaxshi Yevropa brendlarining yuqori sifatli dekorativ materiallaridan foydalanish imkoniyatini beradi, masalan:

Colorificio Veneziano — yarim asrdan ortiq vaqt davomida dekorativ qoplamalar ishlab chiqarayotgan Italiya kompaniyasi bo‘lib: travertin, marmorin, Venetsiya uslubidagi qumsuvoqlari bilan mashhur. Tekstura va ranglar assortimenti juda katta. Colorificio Veneziano’ning o‘ziga xosligi shundaki, u tabiiy, ekologik toza material bo‘lib, yuzaga oson surtiladi va ajoyib dekorativ ko‘rinish yaratadi. Ta’kidlash joizki, ushbu brendning mahsulotlari ham interer, ham eksterer uchun mos keladi. Ular tabiiy omillar va mexanik shikastlanishlarga chidamli bo‘lgan ranglar hamda teksturaning keng palitrasini o‘zida uyg‘unlashtirish bilan birga, foydalanishda juda qulay.

«Mahsulotlarimiz O‘zbekiston xalqiga taqdim etilganidan xursandmiz. O‘zbekistonda rasmiy shourumimizning ochilishi bizga mijozlarimizni brendimizning barcha mahsulotlari bilan doimiy ta’minlash imkonini beradi», - dedi Colorificio Veneziano egasi Massimo Toniolo.

KZTO — Rossiya isitish uskunalari bozorining asoschilaridan biri bo‘lib, 20 yildan ortiq vaqt davomida yuqori sifatli po‘lat quvurli radiatorlar, pol ichi va pol usti konvektorlarini ishlab chiqarish sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda hamda ularni dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilmoqda.

«Mahsulotlarimiz serquyosh O‘zbekistonga yetib kelgani juda quvonarli. Umid qilamizki, KS Lux hamkorlarimiz yordamida dizayner va arxitektorlar o‘zlarining ijodiy g‘oyalarini amalga oshirishlari mumkin», - dedi KZTO vakili Andrey Lazurko.

Bette — 70 yil avval Germaniyada tashkil etilgan oilaviy biznes sifatida Bette vannalar, vanna poddonlari va rakovinalar ishlab chiqarishda novator bo‘lib, har yili o‘zining innovatsiyalari bilan dunyoni hayratga soladi. Kompaniyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, barcha mahsulotlar atigi 3,5 mm qalinlikdagi titan qotishma po‘latdan va patentlangan BetteGlasur emal qoplamasi bilan ishlab chiqariladi. Bu ularning yuqori termal va og‘ir bosimlarga bardosh berishiga imkon beradi, shuningdek, korroziyaga mutlaq chidamlidir. Bette mahsulotlarining eng muhim afzalliklaridan biri — bu ikki mingdan ortiq RAL bo‘yoq ranglarini tanlash imkoniyatidir.

«Biz Markaziy Osiyo bozoriga kirganimizni e’lon qilishdan mamnunmiz va O‘zbekiston poytaxti Toshkentda birinchi rasmiy shourumimiz ochilganidan yanada xursandmiz. Ishonchim komilki, KS Lux kabi kuchli hamkor bilan birgalikda katta natijalarga erisha olamiz», - dedi Bette vakili Maksim Sklyarov.

50 yil avval Italiyada tashkil etilgan Litokol o‘z mahsulotlarini dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga muvaffaqiyatli eksport qilib kelmoqda. Bugungi kunda kompaniyaning eksport geografiyasi O‘zbekiston bilan to‘ldirildi. Italiya va Rossiya zavodlari yelim qorishmalar, suvoqli aralashmalar, gidroizolyatsion materiallar, gruntovka, polni tekislash uchun va boshqa ko‘plab ta’mirlash aralashmalarini ishlab chiqaradi. Shuning uchun Litokol mahsulotlarini butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar tanlaydilar.

Ukraina va O‘zbekistondagi sohaning eng yaxshi mutaxassislari Profilini brendini yaratdilar. Kompaniya arsenalida eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan alyuminiy profillardan tayyorlangan ko‘plab mahsulotlar mavjud, xususan: yopiq plintus, antiplintus, soyali choklar, yashirin eshiklar, yashirin montajli karnizlar va boshqalar. Mahsulotning devor va polga zich o‘rnashishi, shuningdek, profilga o‘rnatilgan atmosfera yoritkichi intererga o‘ziga xos va ixcham ko‘rinish beradi.

Foto: KS Lux

Ametis — bu Rossiya ishlab chiqarishining premium brendi bo‘lib, 20 yillik tarixga va dunyoning 66 davlatini qamrab olgan eksport geografiyasiga ega. Tabiat tomonidan yaratilgan naqsh va teksturalarning taqlidi bo‘lmish keramogranitning besh kolleksiyasidan iborat Ametis mahsulotlari qatori g‘oyasi uchun tabiiy, haqiqiy tuyg‘ular asos bo‘lib xizmat qilgan. Ametis har qanday loyihani amalga oshirishga va yorqin hayotiy tajriba bilan bog‘liq his-tuyg‘ular gammasini yetkazishga yordam beradi va turar joy yoki tijorat maydonida siz istagan muhitni yaratadi.

KS Lux — bu shunchaki do‘kon emas, balki mashhur brendlarning materiallarini sotib olishingiz — rangi, teksturasi va sifatini ko‘rib tanlab olishingiz mumkin bo‘lgan joy. Maslahatchilarimiz sizga tanlovda yordam va barcha savollaringizga javob beradi.

Foto: KS Lux

KS Lux manzili:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Furqat 171A. Beshyog‘och.

Savdo ofisi har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

+998 71 202 00 02

+998 93 501 31 93

Instagram: @kslux_showroom

Reklama huquqi asosida

Top