18:37 / 03.03.2022
6821

“Kuniga 100 tonna yog‘ ishlab chiqara olamiz” - Sharq brendi bilan tanishuv

Yog‘-moy O‘zbekiston aholisi uchun eng ommabop va ko‘p iste’mol qilinadigan oziq-ovqat turiga kiradi. TOP OZIQOVQAT’ning navbatdagi sonida salomatlik uchun foydali va hamyonbop yog‘ tanlash borasida tavsiyalar olish mumkin.

Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan innovatsion platforma TOP OZIQOVQAT bu safar yurtimizdagi eng katta yog‘-moy ishlab chiqaruvchilardan biri “Sharq” brendi faoliyatiga e’tibor qaratdi.

Azaldan paxta yog‘idan foydalanib kelgan bekalar yana o‘z tanlovlariga qaytishmoqda. Chunki so‘nggi ilg‘or texnologiyalar asosida paxta yog‘ini ham pista yog‘i kabi hidsiz va tozalangan holda taqdim etayotgan tadbirkorlar safi kengaymoqda. Ulardan biri “Sharq” paxta yog‘lari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor A’lo Shoahmedov bu turdagi paxta yog‘lari 6 yildan beri iste’molda ekanini aytdi. Korxonada yog‘dan tashqari margarin, xo‘jalik sovuni, yem mahsulotlari ham ishlab chiqariladi.

“Korxonamizda “Sharq” paxta yog‘i 0,7 grammdan tortib 5 litrli idishlarda qadoqlanadi. Bir kunda 100 tonnagacha yog‘ ishlab chiqariladi. Mahsulotni tayyorlash jarayoni boshdan oxirigacha shu yerning o‘zida amalga oshiriladi.

Paxta yog‘i iste’molda kamayishiga ayrim yog‘ mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar sabab bo‘ldi. Paxta yog‘i tayyorlash jarayonida uning tozalanishiga e’tibor qaratish zarur. Barcha me’yorlarga amal qilinmagan hollarda paxta yog‘i iste’mol qilinganda jig‘ildon qaynashi kuzatilishi mumkin. Bu esa mijozning yog‘ xaridida boshqa tanlov qilishiga sabab bo‘ladi”, — deydi u.

Tadbirkorning aytishicha, to‘g‘ri yo‘l bilan olingan va tozalangan paxta yog‘i pista yog‘iga nisbatan foydalidir. Iste’molchiga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun paxta yog‘ini olish va qadoqlash jarayonida uni hidsizlantirish hamda tozalash katta e’tibor talab qiladi. “Sharq” paxta yog‘i zamonaviy texnologiyalar yordamida aynan shunday tayyorlanadi.

“Mahsulotlarimiz poytaxtda, vodiy viloyatlarida, Toshkent viloyati, Samarqand viloyatlarida o‘z xaridorlarini topmoqda. Mijozlarimizni ko‘paytirish uchun tinimsiz harakatdamiz. Nafaqat viloyat markazlari, balki chekka hududlar aholisi uchun tanilishni rejalashtirganmiz”, — deya ta’kidladi Shoahmedov.

O‘zbek xonadonlarida qozon qaynatishda asosiy masalliq bo‘lgan yog‘ to‘kinlik ramzi ham hisoblanadi. Shunday ekan, yog‘ yoki boshqa mahsulotlar tanlovida adashmaslik uchun TOP OZIQOVQAT tavsiyalar berishda davom etadi.

Mavzuga oid
Top