16:16 / 03.03.2022
11655

Toshkentda 300 ming AQSh dollarini daftar varaqlari orasiga yashirib, chetga olib ketayotganlar ushlandi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar 300 ming AQSh dollaridan ziyod naqd xorijiy valutani daftar varaqlari orasiga va kiyimlariga yashirib, olib chiqishga uringan 2 nafar shaxsni to‘xtatib qoldi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, fuqarolar xorij valutasini daftar varaqlari orasiga joylashtirib olib chiqib ketishga uringan.

«Batafsil reportaj bugun telekanallarning kechki informatsion dasturlarida hamda Davlat bojxona qo‘mitasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida namoyish qilinadi», - deyiladi xabarda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Avvalroq, Toshkentda 286 ming dollardan ortiq pulni yeguliklar orasiga yashirib, bojxonadan olib o‘tishning oldi olinganligi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid
Top