11:21 / 03.03.2022
46737

Urushning yettinchi kuni. Suratlar

24 fevral tongida Vladimir Putin DXR va LXRni ozod qilish, shuningdek, Ukrainani «denatsifikatsiya» va «demilitarizatsiya» qilish maqsadida «maxsus harbiy operatsiya» boshladi. Shundan so‘ng Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritdi. Kiyev, Xarkov, Mariupol va boshqa shaharlarda bir necha kundan buyon janglar davom etmoqda. Odamlar bombapanagohlarga, metro bekatlari va yerosti avtoturargohlarda yashirinib jon saqlamoqda. Aholining bir qismi qo‘shni davlatlarga qochmoqda: BMT ma’lumotiga ko‘ra, urushning yetti kunida Ukrainani bir millionga yaqin kishi tark etgan.

Politsiyachilar Kiyevdagi teleminoraga berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lgan kiyevlikning jasadi ustini yopishmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

So‘nggi soatlardagi asosiy voqealar:

  • BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta ichida bir million ukrainalik qochqinga aylandi.
  • Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiyaning Ukrainadagi ehtimoliy harbiy jinoyatlari yuzasidan tergov boshladi.
  • Rossiya hukumati dumaga sanksiyalar sharoitida aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
  • Rossiya Mudofaa vazirligi birinchi marta yo‘qotishlar haqida ma’lumot berdi: 498 harbiy xizmatchi halok bo‘lgani, 1597 nafari yaralangani aytilgan.
  • Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi bir hafta ichida Ukrainada to‘qqiz ming askarini yo‘qotdi. Ukraina razvedkasi fikricha, 4 mart kuni Kreml mamlakatda harbiy holat e’lon qiladi.
  • Jahon banki Rossiya va Belarusdagi dasturlarni to‘xtatdi.
  • Gamburgda Alisher Usmonovning 600 million dollarlik Dilbar nomli yaxtasi musodara qilindi.
  • Roman Abramovich «Chelsi»ni sotadi.
  • Oracle, Mercedes-Benz va H&M Rossiyada sotuvlarini to‘xtatdi.
  • Rossiyadagi urushga qarshi aksiyalarda yana 700 nafardan ortiq kishi hibsga olindi.
Kiyev ko‘chalari artilleriya zarbalaridan keyin. Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev markazida tankka qarshi to‘siqlar. Zurab Kursikidze / EPA / Scanpix / LETA
Xarkov markazi o‘qqa tutilishi. Foto: Pavel Dorogoy
Xarkov ko‘chalaridagi o‘t o‘chiruvchilar. Foto: Pavel Dorogoy
DXR nazoratidagi Gorlovka shahrida skotch bilan himoyalangan deraza ko‘rinishi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Odamlar bilan liq to‘la bombapanagoh. Kiyev oblasti
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Hududiy mudofaaning 68 yoshli a’zosi Andrey Goncharuk Kiyev yaqinidagi Gorenkada hujumga uchragan uy oldida
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Kiyev metrosi. Foto: Aris Messinis / STF / AFP / Scanpix / LETA
Havo trevogasi vaqtida bolalar Kiyev metrosida o‘ynashmoqda
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevliklar Lvovga boradigan evakuatsiya poyezdini kutishmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Moldova-Ukraina chegarasidan o‘tgan avtobus oynasidan qarayotgan qizcha. Avtobus qochqinlarni Kishinyovga olib ketmoqda
Nikolay Doychinov / AFP / Scanpix / LETA
Xarkovdagi yotoqxonada hujum oqibatlari. Foto: Pavel Dorogoy
Mariupolda aholi turar joyiga qilingan hujum qurboni. Shifoxonaning tug‘uruq bo‘limiga yaralanganlar olib kelinmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiya bosqinidan qochib Polshaga o‘tgan ayol Peremisldagi vaqtincha lagerda bolasini quchib yig‘lamoqda
REUTERS/Yara Nardi
Ruminiyaning Ukraina bilan chegaradagi Siret shahriga bolalari bilan qochib o‘tgan ayol yig‘lab bormoqda
REUTERS/Stoyan Nenov
Polsha hududiga avtomobili bilan o‘tgan ukrainlar dalada tunamoqda. REUTERS/Yara Nardi
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top