14:57 / 05.03.2022
35663

Rossiya hukumati samolyoti AQShga yo‘l oldi - OAV

Ushbu samolyotda Rossiya prezidenti, hukumat raisi va boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlar parvoz qiladi.

Foto: TASS

Rossiya hukumatiga qarashli Il-96-300 samolyoti Sankt-Peterburgdan AQShga parvoz qildi. Bu haqda Flightradar24 portali ma’lumotlariga tayanib “Lenta.ru” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, samolyot Vashington sari uchmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 4 mart kuni Moskvada bo‘lgan, so‘ngra Sankt-Peterburgga kelib qo‘ngan va bu yerdan Vashingtonga parvoz qilgan.

“Rossiya” maxsus parvoz otryadining Il-96-300 samolyoti Rossiya prezidenti, hukumat raisi va boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlarga xizmat ko‘rsatadi.

Mavzuga oid
Top