18:11 / 05.03.2022
53990

Rossiya hukumati samolyoti Vashingtonga nima uchun yo‘l olgani ma’lum qilindi

Avvalroq OAV Rossiya hukumatiga qarashli Il-96-300 samolyoti Sankt-Peterburgdan AQShga parvoz qilgani haqida xabar bergandi.

Foto: Getty Images

Rossiya hukumatining Il-96-300 maxsus borti Vashingtondan persona non grata deb e’lon qilingan rossiyalik diplomatlarni olib keladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

"Rossiya" kompaniyasining Piterdan Vashingtonga parvoz qilgan "noma’lum borti"ni axborot fronti jangchilari "ruslarning qochishi" va "Moskvaning amerikaliklar bilan muloqotga urinishi" deb xabar qildi. Hafsalangizni pir qilmoqchiman. Bu samolyotda AQSh hukumati persona non grata deb e’lon qilgan rossiyalik diplomatlar vatanga qaytadi”, - dedi u.

Avvalroq Rossiya hukumatiga qarashli Il-96-300 samolyoti Sankt-Peterburgdan AQShga parvoz qilgani aytilgandi.

“Rossiya” maxsus parvoz otryadining Il-96-300 samolyoti Rossiya prezidenti, hukumat raisi va boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlarga xizmat ko‘rsatadi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top