16:15 / 07.03.2022
12956

Kun.uz nomidan ochilgan soxta sahifalardan ogoh bo‘ling!

So‘nggi vaqtlarda Kun.uz nomi va logotipidan foydalangan holda Telegram'da kanal va guruhlar ochib, sayt yo‘nalishi va imijiga mutlaqo mos kelmaydigan turli mazmundagi postlar va reklama joylashtirayotgan firibgarlar ko‘payganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Hurmatli saytimiz kuzatuvchilari! Qanday bo‘lmasin, odamlarni aldab, nopok yo‘llar bilan pul topishga urinayotgan bu kabi soxta kanallardan ogoh bo‘ling.

Kun.uz'ning ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeridagi deyarli barcha sahifalari rasmiy (“verified”) maqomga ega.

Tahririyat tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik borligini yana bir bor eslatib o‘tadi va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Kun.uz nomi va logotipidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan qalloblarga qarshi kurashni davom ettiradi.

Aldov qurboni bo‘lib qolmaslik uchun obunachilarimizdan yuqorida tilga olingan jihatlarga e’tiborli bo‘lishni so‘raymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi Kun.uz rasmiy sahifalari:

O‘zbek tilida:

Telegram: t.me/kunuzofficial

Telegram: t.me/kunuz (lotin alifbosida)

Facebook: fb.com/kunuznews

Instagram: instagram.com/kun.uz

Twitter: twitter.com/KunUzNews

Odnoklassniki: ok.ru/kunuznews

Rus tilida:

Telegram: t.me/kunuzru

Facebook: fb.com/kunuz.ru

Instagram: instagram.com/kun.uzru

Twitter: twitter.com/Kun_uzRu

Ingliz tilida:

Telegram: t.me/kunuzen

Facebook: fb.com/kunuzenglish

YouTube'da:

Asosiy kanalimiz

Qo‘shimcha kanalimiz

Top