15:27 / 08.03.2022
16711
Reklama

Toshkent imtihon markazi bo‘lg‘usi haydovchilar uchun imtihonlarga tayyorlovchi maxsus ekspress-kurslarni yo‘lga qo‘ydi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq yo‘l-transport hodisasi rasman qayd etilgan, ularda 2 426 kishi halok bo‘lgan. Bu kuniga 6 nafar inson YTH sabab vafot etayotganini ko‘rsatadi. Davlat rahbari tomonidan haydovchilik guvohnomalarining olinishidagi korrupsion holatlarni keskin qisqartirish, buning uchun tizimni to‘liq raqamlashtirish vazifasi topshirildi.

Shundan so‘ng poytaxtning Yangihayot tumanida haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha korrupsiyadan xoli, inson omilisiz, elektron tarzda nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazadigan O‘zbekistondagi ilk avtomatlashtirilgan kompleks ish boshladi.

O‘tgan vaqt ichida shu narsa imtihon topshirayotganlarning katta qismi o‘quv markazlarini tamomlab kelgan bo‘lsalar-da nazariy hamda amaliy jihatdan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi ayon bo‘ldi. Imtihon topshirayotgan o‘quvchilarning aksariyati qiyinchilikka duch kelgan. Bu esa o‘z navbatida ularni qayta-qayta imtihon topshirishga majbur qilmoqda.

Shu munosabat bilan ko‘pchilikning talab va istaklariga binoan Toshkent imtihon markazi haydovchilarni imtihonga tayyorlanishlari uchun maxsus ekspress-kurslarni tashkil qildi.

Kurslar 5 kun davom etadi va unda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha asosiy bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Ekspress-kurslarda tayyorgarlik ko‘rishning 4 xil ko‘rinishi mavjud:

Amaliy mashg‘ulotlar mexanik uzatmali Nexia 3 avtomobilida amalga oshiriladi. Nomzodlar barcha mashg‘ulotlarni imtihon topshirish avtodromida bajarishadi.

Yo‘l harakati xavfsizligi barchamiz uchun muhim. Xavfsizlikka amal qilishni mukammal o‘rganaylik!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top