Maryam Ahmedova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Maryam Ahmedova Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar vaziri va ikkita tuman hokimi o‘zgargandi.