12:18 / 10.03.2022
15598

Toshkentda yuk avtomashinasi tunnel ichida tiqilib qoldi

Toshkent shahridagi temiryo‘l vokzali yaqinida joylashgan ko‘prik ostidagi tunnelda yuk avtomashinasi tiqilib qoldi. Poytaxt IIBB hodisa haqida ma’lumot berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 2022 yil 9 mart kuni soat 17:50 larda Mirobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan H.D. «Shacman» rusumli tirkamali yuk avtomashinasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, u Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan ko‘prikka kirish joyida, olib ketayotgan yuk balandligini hisobga olmaganligi sababli tunnel ichida tiqilib qolgan. 

“Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari yetib borgan. Yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan qonuniy choralar belgilangan”, deyiladi xabarda.

Top