16:43 / 10.03.2022
26777

YeI Rossiyaga qarshi moliyaviy sanksiyalar kiritishda chegaraga yetib keldi – Borrel

Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning Ukrainaga yordami vaziyat keskinlashishiga olib kelmasligi kerak.

Foto: Reuters

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi moliyaviy sanksiyalar joriy etishda o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetib keldi, dedi YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kiritilgan sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishni boshladi.

«Moliyaviy sanksiyalar borasida doimo oldinga borish mumkin, ammo biz imkoniyatimiz chegarasiga yetib keldik. Qo‘limizdan kelganini qildik»,— dedi Borrel.

U shuningdek, Yevropaning Ukrainaga yordami vaziyat keskinlashishiga olib kelmasligi kerakligini aytdi.

Bundan tashqari, Borrel nizoning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik va Rossiya bilan urushga kirmaslik zarurligini ta’kidladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top