07:33 / 11.03.2022
16421

«Chorsu» bozori direktori o‘rinbosari qo‘lga olindi. U savdo joyi berish uchun pul talab qilgan

2022 yil 7 mart kuni Toshkent shahar IIBBga fuqaro ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, u «Eski jo‘va dehqon bozori» AJ («Chorsu») direktori o‘rinbosari bozor hududidan savdo joyini ajratib berishi uchun 300 AQSh dollari berishini talab qilayotganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Toshkent shahar IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, «Eski jo‘va dehqon bozori» AJ direktorining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari shu bozorda quruq meva paviloni sotuvchisi orqali ariza muallifidan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan 2022 yil 8 mart kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top