18:31 / 12.03.2022
13299

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Qamchiq dovonida ko‘chki xavfi e’lon qilingani tufayli, 12 mart kuni soat 9:00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, soat 18:00 ga kelib dovon yo‘li qayta ochilgan.

Foto: KUN.UZ

Qayd etilishicha, vazirlik tegishli xizmatlar bilan hamkorlikdagi amaliy harakatlarni muvofiqlashtirib borgan.

Avvalroq dovonda qolib ketgan yo‘lovchilar uchun poyezd yuborilgani xabar qilingandi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida Qamchiq dovonida 5 ta qor ko‘chishi hodisasi kuzatilgan.

Mavzuga oid
Top