10:05 / 14.03.2022
7051

Banklarda dollar sotuv kursi 11 050 so‘mga yetdi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 14 mart, dushanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Foto: Zuma/TASS

Bir qator banklarda dollar olish 10 970 - 10 980 so‘mdan, sotish 11 050 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu yangi maksimal ko‘rsatkich.

So‘nggi marta banklarda dollar kursi 11 mart, juma kuni jiddiy ko‘tarilgandi. O‘shanda 1 AQSh dollarining sotish kursi 11 000 so‘mni tashkil qildi.

11 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugundan kuchga kirdi.

Markaziy bank kursiga ko‘ra, bir dollar 10 998 so‘m 06 tiyinni tashkil qildi.

Top