16:13 / 15.03.2022
17185

Namanganda temiryo‘lga tosh ko‘chib tushdi

«Angren-Pop» elektrlashtirilgan temiryo‘lining Namangan viloyati hududidan o‘tgan 71 km qismida ko‘p yog‘ingarchiliklar sababli temiryo‘l liniyalari oldiga tog‘dan tosh uyumlari ko‘chib tushgan. 

Foto: FVV matbuot xizmati

«Bugun, soat 10:30larda «Qamchiq» Maxsus qidiruv,  yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temiryo‘lining 71-kilometri va A-373-avtomobil’ yo‘li «Toshkent – Vodiy» yo‘nalishining 232,2-kilometrida yo‘l chetiga tosh-tuproq massasi tushgani bo‘yicha xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVVning «Qamchiq» MQYoQB qutqaruvchilari va tegishli tashkilot xodimlari yetib borib,  vaziyatni o‘rgandilar.

Hozirda hududlarda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib borilmoqda.

Shuningdek, yog‘ingarchilik mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etildi», deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.

Top