19:27 / 15.03.2022
12694

Tesla elektromobillari narxini bir hafta ichida ikkinchi marta oshirdi

Kompaniya narxlar ko‘tarilishini chiplar yetishmovchiligi va logistika zanjiridagi uzilishlar bilan izohlagan.

Foto: Getty Images

Tesla kompaniyasi elektromobillari narxi oshirilganini e’lon qildi. Bu haqda The Verge xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu so‘nggi haftada ikkinchi marta narx oshirilishi – kompaniya o‘tgan chorshanba kuni narxlar ko‘tarilganini ma’lum qilgandi.

Endilik bazaviy Model 3 elektromobili narxi 46990 dollardan boshlanadi va Model X Tri narxi 138990 dollarga teng bo‘ladi.

Bundan tashqari, Rossiya-Ukraina nizosi tufayli elektromobil ishlab chiqarishda foydalaniladigan metallar (po‘lat, nikel va palladiy) narxi ko‘tarildi.

Mavzuga oid
Top