15:40 / 16.03.2022
11985

Toshkent shahrida Cobalt avtomobili suvga tushib ketdi

Mirobod tumanida joylashgan avtoturargohdagi haydovchisiz Cobalt avtomobili pastlikka harakatlanib, atrofdan oqib o‘tgan Salar kanaliga tushib ketgan.

Foto: YHXX

YHXXning xabar berishicha, hodisa, bugun, 2022 yil 16 mart kuni soat 14:00 larda yuz bergan.

Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasida haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan A.A. Cobalt rusumli avtomobilda harakatlanib kelib, ushbu ko‘chada joylashgan "Universal bank" yaqinidagi avtoturargohga to‘xtagan va o‘zi bank ichiga kirgan. Mazkur jarayonda Cobalt avtomobili pastlikka harakatlanib, atrofdan oqib o‘tgan Salar kanaliga tushib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Ayni vaqtlarda avtomobil suvdan olib chiqilgan. YPX xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top