15:29 / 16.03.2022
10624

Yog‘ingarchilik Toshkent viloyatining Piskent va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi ko‘priklarga katta zarar yetkazdi

Ohangaron daryosidagi suv odatdagidan ko‘proq hajmda oqayotganligi sababli, ko‘prikka o‘z ta’sirini ko‘rsatib, qirg‘oqning yuvilishiga olib kelgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimiyati axborot xizmatining ma’lum qilishicha,  Yuqori Chirchiq tumanidagi Qizilsoy mahalla fuqarolari yig‘ini hududi hamda Piskent tumani hududidan o‘tuvchi A-373 “O‘sh – Guliston” avtomobil yo‘lining 107-kilometridagi ko‘priklar o‘z mustahkamligini yo‘qotgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

“Hozirda avtomobil harakatlari to‘xtatilib, xavfni bartaraf etish maqsadida FVB, YHXB, “Yo‘llardan foydalanish” UK, tuman hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida ta’mirlash tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.” - deyiladi xabarda.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Avvalroq, “Amirsoy”ga olib boruvchi yo‘lda tuproq ko‘chganligi xabar qilingan edi.

Top