15:15 / 18.03.2022
8815

Bolgariya sobiq bosh vaziri hibsga olindi

Boyko Borisov Yevropa mablag‘larini talon-toroj qilishda gumonlanib ushlangan.

Foto: Reuters

Bolgariyada mamlakat sobiq bosh vaziri Boyko Borisov hibsga olindi, deb xabar berdi “Yevronyus”.

Xabarda aytilishicha, u bilan birga yana bir necha siyosatchi va amaldorlar qo‘lga olingan.

Borisovning advokati Menko Menkovning so‘zlariga ko‘ra, sobiq bosh vazir ta’magirlik ishi doirasida hibsga olingan.

Bolgariya televideniyesining xabar berishicha, Borisov Yevropa mablag‘larini talon-toroj qilishda gumonlanib ushlangan.

Yevropa prokuraturasiga Bolgariyadan Yevropa fondlari mablag‘lari talon-toroj qilingani to‘g‘risida rekord miqdorda shikoyat tushgan. 

Boyko Borisov 2009-2021 yillar mobaynida uch marta Bolgariya hukumatini boshqargan.

Mavzuga oid
Top