17:37 / 18.03.2022
8183

“Farzandini o‘qituvchilarga yuklab qo‘yayotgan ota-onalar bor” – o‘qituvchilar ota-onalar haqida qanday fikrda?

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab mavzusi ko‘tarilganda ota-onalar, jamoatchilik va o‘qituvchilar haqida o‘z fikrlarini bildiradi. Xalq ta’limi vazirligi respublikaning turli hududlaridagi maktablarda bo‘lib, o‘qituvchilarning ota-onalar haqidagi fikrlarini o‘rgandi.

Fotokollaj: Kun.uz

O‘qituvchilarning fikricha, ota-onalar o‘rtasida bolasiga vaqt ajrata olmayotganlari ham bor. Moddiy ta’minotni birinchi o‘ringa qo‘yib, bolalari tarbiyasi bilan ishlamayotgan insonlar ham uchraydi.

“Voy ustoz, hech gapimga kirmayapti. O‘zingiz gaplashib qo‘ying”, deb bolasini o‘qituvchiga yuklab qo‘yadigan ota-onalar ham bor”, deydi bir o‘qituvchi.

Savolga javob bergan ustozlardan birining fikricha, o‘zi kuzatgan ota-onalarning 10 foizi bolalari bilan haqiqatan qiziqadi. Qolgan 70-80 foiz odam esa bolasiga bee’tibor kayfiyatda. Ya’ni bir o‘qituvchi esa aksar ota-onalar bolalari bilan ishlashini, faqat orada bee’tibor ota-onalar ham uchrashini bildirgan.

“Maktabdagi hayot qanaqa, o‘qishi qanaqa deb ta’lim muassasasiga biror marta kelmagan ota-onalar ham bor”, deydi ustozlardan biri.

Ustozlar ota-onalarga tavsiya qilishadi:

  • Bolalar psixologiyasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘qituvchi bilan birga kuzatishsa, natija yaxshi bo‘ladi;
  • Darslarga kelib qatnashib ko‘rishsa, o‘zlari uchun ham yangi narsalar olishlari mumkin;
  • Bolalarini doimo nazorat qilib turishsin;
  • Farzand hayotida ota-onalarning roli juda katta. Buni tushunishlari kerak;
  • O‘qituvchiga nisbatan do‘stona bo‘lishsin;
  • Ota-ona ustozni hurmat qilsa, farzandi ham shunday munosabatda bo‘ladi. 
Top