07:48 / 18.03.2022
4949

O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan 113 mln dollarlik bug‘doy sotib oldi

Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: TASS

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-fevral oylarida Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bo‘yicha bug‘doy yetakchilik qilmoqda – 113,1 mln AQSh dollariga 436 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • bug‘doy uni – 51,3 ming tonna (15,9 mln AQSh dollariga);
  • o‘simlik yog‘i – 12,3 ming tonna (14,6 mln AQSh dollariga);
  • margarin mahsulotlari – 8,6 ming tonna (11 mln AQSh dollariga);
  • qoramol go‘shti – 1,2 ming tonna (5,6 mln AQSh dollariga);
  • arpa – 19,9 ming tonna (4,3 mln AQSh dollariga);
  • makkajo‘xori – 12,8 ming tonna (3,4 mln AQSh dollariga);
  • kartoshka – 12,6 ming tonna (2,4 mln AQSh dollariga).

Bundan avval O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyaga 5,5 ming tonna pomidor yetkazib bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top