O‘zbekistonda azaldan noqonuniy taksi faoliyatiga qarshi kurashib kelinadi. Lekin bu kurash kirakashlarga muammo tug‘dirishdan boshqa hech narsa bergani yo‘q.
O‘zbekistonda soyadagi iqtisodiyot ko‘lamini his etishning eng oson yo‘li – taksi bozoriga nazar tashlash. Yuz minglab insonlar kirakashlik bilan oila tebratsa-da, mutlaq ko‘pchiligining faoliyati rasman noqonuniy hisoblanadi; eng to‘g‘ri yo‘l – o‘z vakillarini saylash orqali bu tamg‘ani o‘zlaridan olib tashlashlari esa quloqqa mubolag‘a bo‘lib eshitiladi.
Taksichilarning muammosi faqat qonuniy ishlashlari juda qimmatligida ham emas: ular tez-tez odamlarning qo‘pol va kamsituvchi muomalasiga duch kelishadi. Qolaversa, taksichilarning ko‘pchiligi bir vaqtning o‘zida ishsizlikdan ham aziyat chekadi – ertalabdan kechgacha og‘ir mehnat bilan topiladigan daromad darajasi havas qilarli emas.
SUBYEKTIV jamoasi navbatdagi sonida Toshkentdagi kirakashlar misolida bu kasb egalarining mashaqqatli hayotiga nazar soladi.
- Eslatib o‘tamiz, siz SUBYEKTIV loyihasini moddiy qo‘llab-quvvatlash imkoniga egasiz. Buning uchun zarur havolalarni quyida keltirib o‘tamiz:
- Payme, Click, VISA, MasterCard, Sberbank, Webmoney, QIWI