16:16 / 22.03.2022
6407

Italiya rossiyalik oligarxlarning 800 million yevrodan ortiq aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Avvalroq Fransiya badavlat rossiyaliklarning 850 million yevrolik aktivlarini muzlatgandi.

Mario Dragi / Foto: Reuters

Italiya YeI sanksiyalariga tushgan rossiyalik oligarxlarning aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mario Dragi ma’lum qildi.

"Bizni ajratmoqchi bo‘lgan Rossiyaga YeI va NATOning birligini ko‘rsatib qo‘ydik. Bu sanksiyalar Rossiya iqtisodiyoti, moliya bozori va prezident Putinga yaqin odamlarning boyliklariga og‘ir zarba bo‘ldi. Italiyada YeI ro‘yxatiga tushgan oligarxlarning 800 million yevrodan ortiq aktivlarini muzlatib qo‘ydik", - dedi u.

Avvalroq Fransiya badavlat rossiyaliklarning 850 million yevrolik aktivlarini muzlatgandi.

Fransiya moliya vaziri Bruno Le Merning xabar qilishicha, bu mablag‘lar va obektlar formal jihatdan xatlangan hisoblanmaydi, ammo ularning egalari vaqtincha bu vositalarga egalik qila olmaydi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top