20:25 / 22.03.2022
17142

Rossiyani yuz mingga yaqin IT-mutaxassis tark etishi mumkinligi taxmin qilindi

​​​​​​​Qayd etilishicha, birinchi to‘lqinda 50-70 ming atrofida “aytichi”lar mamlakatdan chiqib ketgan. 

Foto: Depositphotos

Aprelda IT-mutaxassislar emigratsiyasining «ikkinchi to‘lqini doirasida» Rossiyani 70-100 ming kishi tark etishi mumkin, deb taxmin qildi Rossiya elektron kommunikatsiyalar assotsiatsiyasi.

Qayd etilishicha, birinchi to‘lqinda 50-70 ming atrofida “aytichi”lar mamlakatdan chiqib ketgan. 

Avvalroq InfoWatch guruhi rahbari Natalya Kasperskaya fevral oxiri-mart boshlarida Rossiyani ko‘plab IT-mutaxassislar tark etganini aytgandi. 

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko mamlakat raqamlashtirish vazirligiga IT-mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar kiritish topshirig‘ini bergan.

Top