10:26 / 23.03.2022
44001

Bombapanagohlarda qolayotgan odamlar va qamalga tayyorlanayotgan Odessa. Urush suratlari

Urushning 27-kuni o‘tdi. Zarbalar yo‘llanishi davom etmoqda - Nikolayevda shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasi zarbaga uchradi, Kiyevda - Milliy fanlar akademiyasining Ilmiy-tadqiqot instituti. Kiyev yaqinida fotojurnalist Maksim Levin yo‘qolib qolgani ma’lum bo‘ldi, u oxirgi bor 13 mart kuni aloqaga chiqqan.

Odessa ko‘chalarida qizi bilan ketayotgan ona. Shahar qamalga tayyorlanmoqda, ko‘chalarga tanklarga qarshi to‘siqlar o‘rnatilgan
Vincenzo Circosta / ZUMA Press / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 27-kuni: so‘nggi ma’lumotlar

  • Seshanba tongida rossiyaliklar o‘tgan oyda banklardan 2008 yildan buyon eng ko‘p miqdorda mablag‘larini olgani ma’lum bo‘ldi
  • Rossiya harbiylari zarbalari oqibatida Chernigov shahri elektrsiz va suvsiz qoldi
  • Rossiyada «feyklar bo‘yicha qonun» doirasida gumonlanib qo‘lga olingan shaxs IIV xodimi bo‘ldi
  • Xersonda yana urushga qarshi miting tarqatib yuborildi
  • Ukrainaning qator shaharlarida bir necha kunga yetarli oziq-ovqat qolgan
  • G‘arb razvedka xizmatlari rossiyaliklarning yo‘qotishlarini 10 mingga baholamoqda
  • XVF Ukraina iqtisodiyoti uchdan bir qismiga qisqarishini prognoz qilmoqda
  • Birinchi kanalning sobiq muxbiri Janna Agalakova mart oyi boshida ishdan ketganidan buyon ilk bor ishdan ketishi sababi Ukrainadagi urush borasidagi propagandaga rozi bo‘lmagani bilan bog‘liq bo‘lganini aytdi
  • Oq uy Rossiyaga qarshi sanksiyalarni anons qildi. WSJ ma’lumotiga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatidan Davlat dumasi deputatlari o‘rin oladi
  • AQSh prezidenti Jo Bayden Yevropaga yo‘l olmoqda. U NATO sammitida qatnashadi, G7 va Yevroittifoq yetakchilari bilan uchrashadi. Tashrifning asosiy mavzusi — Ukrainadagi urush
  • Shu kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO sammitida videoaloqa orqali ishtirok etadi.
Ukraina hududiy mudofaa kuchlari komandiri Sergey Volosovets Brovaridagi ko‘ngillilar uchun ochilgan mashg‘ulot lagerida
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Mashg‘ulot lageridagi ko‘ngillilar. Foto: Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Hududiy mudofaa kuchlari jangchilari Kiyevdagi komendantlik soatini buzgan shaxsni tintuv qilmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchilar rossiyaliklarning urib tushirilgan dronini ko‘zdan kechirmoqda. Kiyev
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Milliy fanlar akademiyasining Ilmiy-tadqiqot institutiga berilgan aviazarba qurboni bo‘lgan harbiyni olib ketishmoqda. Kiyev
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ilmiy-tadqiqot institutiga qilingan hujumdan keyin ko‘kka ko‘tarilgan tutun buluti
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Hududiy mudofaa jangchisi Kiyevdagi ko‘prikda. Foto: Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik erkak eski mashinasi kapotida buyumlarini sotmoqda. Nikolayev
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Doktor Anatoliy Pavlov Nikolayevdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga hujum oqibatlarini suratga olmoqda
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevliklar akvariumlarni plyonka bilan o‘rab qo‘yishgan, raketa zarbalari vaqtida oyna sinib ketmasligi uchun
Anastasia Vlasova / Getty Images
Havo trevogasi chog‘ida Lvov yaqinidagi bombapanagoh
Mykola Tys / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top