08:30 / 24.03.2022
7238

Benzin ishlab chiqarish hajmi oshirildi

Benzin ishlab chiqarish hajmi 5,8 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida 196 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. 

Qayd etilishicha, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8 foizga oshgan.

2022 yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

  • avtomobil benzini – 196 ming tonna;
  • ko‘mir – 878,6 ming tonna;
  • neft – 118,3 ming tonna;
  • gaz kondensati – 230 ming tonna;
  • yengil avtomobil – 39 922 dona;
  • avtobus – 68 dona;
  • yuk avtomobillari – 425 dona;
  • avtomobil dvigatellari – 32,8 ming dona.

Bundan oldin 2 oyda qariyb 40 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgani xabar qilingandi

Mavzuga oid
Top