11:03 / 24.03.2022
10615

«Nima uchun bu forumda shaxsan qatnashyapman, men prezident sifatida sizlarga kafolat beraman» – Shavkat Mirziyoyev

Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan mehmonlarga O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhiti haqida gapirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bunday keng ko‘lamli forumni O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazyapmiz. Nima uchun bu tadbirda shaxsan qatnashyapman? Men prezident sifatida sizlarga kafolat beraman!

Bu yerda O‘zbekiston prezidenti jamoasi yig‘ilgan, hukumat vakillari, vazirlar, hokimlar kelishgan. Maqsadimiz – sizlarga barcha sharoitni yaratib berish. O‘zaro muloqot qilib, ko‘p narsani o‘zgartirib, qonunlarni mustahkamlab, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashib, sizlar bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz. 

Albatta, kamchiliklarimiz ko‘p. Lekin biz investitsion muhitni yaxshilash uchun harakat qilmoqdamiz”, – dedi prezident forum ishtirokchilariga qarata.

Top