15:25 / 24.03.2022
4860

Tajribali shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat berilmoqda

Foto: The Kiev Times

Prezident farmoyishi bilan davlat rahbarining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi 7 ta yo‘nalishdan iborat. Unda, jumladan quyidagilar belgilangan: 

  • 2022 yilda 136 ta va 2023 yilda yana 140 ta yangi poliklinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish; 
  • 2023 yildan joylardagi poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish; 
  • oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lashni yo‘lga qo‘yish.

2022 yil 1 maydan:

  • barcha tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bolalar bo‘limini tashkil etish;
  • tibbiyot brigadalariga 2022–2023 yillarda qo‘shimcha 8 500 ta hamshira va doya shtat birliklarini berish;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli ko‘rikdan o‘tkazish tizimini joriy qilish;
  • tajribali shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat berish;
  • 3-15 yoshdagi bolalarni 2022 yil 1 iyuldan yod preparati bilan bepul ta’minlash;
  • yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Mavzuga oid
Top