15:30 / 26.03.2022
10719

Samarqand davlat tibbiyot institutining qariyb 1000 nafar o‘qituvchi va shifokorlari donorlik qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Qon topshir - hayot in’om et!” xayriya aksiyasi tizimning hududiy muassasalarida ham qizg‘in davom etmoqda.

Foto: SamDTI axborot xizmati

Xususan, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligidagi 1000 nafar professor-o‘qituvchi va shifokorlari, magistratura hamda klinik ordinatura talabalaridan iborat ko‘ngillilar guruhi viloyat qon quyish markazida beg‘araz donor sifatida qon topshirdi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti tarkibida ikkita klinika faoliyat ko‘rsatib, ayni paytda ularda qator murakkab jarrohlik operatsiyalari, shuningdek, tug‘uruq amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Bu jarayonlarda esa, tabiiyki, qon zaxiralariga ehtiyoj katta.

Foto: SamDTI axborot xizmati
Foto: SamDTI axborot xizmati

Viloyatda donorlik qoniga ehtiyoji bo‘lgan ko‘plab bemorlar borki, ushbu xayriya aksiyasi ortidan ularning ham mushkuli oson bo‘lib, sog‘lom hayotga qaytishiga umid uyg‘onadi.

Bu kabi xayrli amallarning mamlakatimiz bo‘ylab keng yoyilishida har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

“Qon topshir — hayot in’om et!” xayriya aksiyasi davom etmoqda.

SamDTI axborot xizmati Ⓣ

Top