17:17 / 27.03.2022
14268

Afg‘onistonda ayollar va erkaklar bir vaqtda xiyobonlarga borishi taqiqlandi

Foto: Aamaj News

Afg‘onistonda ayollar va erkaklar xiyobonlarga bir vaqtda borishi taqiqlandi. Mamlakat hukumatini qo‘lga olgan «Tolibon» harakati shunday tartib joriy qilgan.

Aamaj News xabariga ko‘ra, ayollar xiyobonlar va ko‘ngilochar joylarga yakshanba, dushanba va seshanba kunlari borishi mumkin. Chorshanba, payshanba, juma va shanba kunlari xiyobonlarga borish navbati erkaklarga beriladi. Xiyobonlarga borgan ayollarga to‘g‘ri kiyinish va begonalar bilan gaplashishdan tiyilish buyurilgan.

Erkaklarga esa xiyobonlarga borganda harbiy kiyimda bo‘lmaslik, qurol olib bormaslik tavsiya qilingan. Belgilangan tartibni saqlash xiyobon ma’muriyatiga yuklanadi. Talablar bajarilmagan holatda ma’muriyat javobgarlikka tortiladi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top