18:05 / 28.03.2022
18235

Lavrov “do‘st bo‘lmagan mamlakatlar” fuqarolarining Rossiyaga kirishiga cheklov joriy etilishini aytdi

Shuningdek, Ukraina hududida bo‘lgan uchinchi davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya hududiga kirish va bo‘lib turish tartibi soddalashtirildi.

Foto: ura.ru

Rossiya “do‘st bo‘lmagan mamlakatlar” fuqarolarining Rossiyaga kirishiga cheklov joriy etadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Uning aniqlik kiritishicha, bu qaror prezident farmoni ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

"Ushbu hujjat Rossiya hududiga kirishga oid qator cheklovlarni o‘z ichiga oladi”, - dedi Lavrov.

Shuningdek, uning bildirishicha, Ukraina hududida bo‘lgan uchinchi davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga o‘z mamlakatlariga yetib olishlari uchun Rossiya hududiga kirish va bo‘lib turish tartibi soddalashtirildi.

Sergey Lavrov AQSh va uning ittifoqchilari Rossiyaga qarshi total gibrid urush e’lon qilganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning maqsadi "Rossiya iqtisodiyotini parchalash, ichki siyosiy barqarorlikni izdan chiqarish va yakunda Rossiyani zaif holga keltirishdan iborat”.

Mavzuga oid
Top