11:11 / 28.03.2022
34220

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

Foto: Kun.uz

Bugun kunduz kuni hududlarning katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Kunduz kuni havo 15-17 daraja iliqqacha, janubda 20-22 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Respublika shimoliga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi.

Bugun kechga tomon va ertaga antitsiklon kirib kelishi barcha hududlarga tarqaladi. Respublika bo‘yicha (shimol va chekka janubdan tashqari) ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Sovuq front o‘tishida kunduzi harorat 7-10 daraja iliqqacha pasayadi.

30 martdan 1 aprelgacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 30 martda havo harorati kechasi 0-3 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 

Hafta oxiriga borib, kechasi harorat 5-10 daraja iliqqacha, kunduzi havo 17-22 daraja iliqqacha, janubda 23-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Top