21:52 / 29.03.2022
12834

Foto: Ko‘ksaroy qarorgohida Turkiya yetakchisi tantanali kutib olindi

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul tantanali ravishda davlat rahbarlari oldidan saf tortib o‘tdilar.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham hozir bo‘ldi.

Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.

Top