15:33 / 29.03.2022
10713

Peskov Rossiya NATO mamlakatlariga hujum qilishni rejalashtirmaganini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning NATOga kirishi Rossiya uchun xavotirli. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya NATOga a’zo mamlakatlarga zarba berish yoki ularning hududiga bostirib kirishni rejalashtirmagan, agarda bunga majbur qilishmasa, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Bu haqda o‘ylashni istamaymiz", - dedi u shunday vaziyat vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javoban.

U Rossiya chegaralarida NATO kuchlarining ko‘paytirilishi xavotir uyg‘otayotganini ta’kidladi.  

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning alyansga kirishi ham xavotir uyg‘otadi.  

Uning fikricha, NATO "hamkorlik va xavfsizlik ta’minlaydigan emas, nizo chiqaruvchi mashina" hisoblanadi. 

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans kuchlari Ukrainadagi urushga jalb etilishi rejalashtirilmayotganini qayd etgandi.

Mavzuga oid
Top