18:36 / 30.03.2022
36370

Kiyev Rossiya bilan tinchlik sulhi imzolanishi shartini ma’lum qildi

Rossiya bilan tinchlik kelishuvi Rossiya qo‘shinlari 23 fevral holatiga bo‘lib turgan hududlarga to‘liq qaytarilganidan keyingina imzolanadi.

Foto: Sputnik / Sergey Karpuxin

Bu haqda Ukraina delegatsiyasi rahbari David Araxamiya ma’lum qildi.

«Shartnoma imzolash jarayoniga chiqqanimizda, uni jiddiy muhokama qilish vaqti kelganida ular to‘liq chiqib ketishlari shart. O‘shandagina shartnomani imzolashga o‘tiramiz», - dedi u.

Araxamiya Ukraina sharqini muzokaralardagi eng murakkab masala deb atadi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala hatto muhokama ham qilinmagan.

29 mart kuni Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Turkiyaning Istanbul shahrida muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar qariyb uch soat davom etdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top