15:12 / 30.03.2022
12538

Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng neft narxi ko‘tarildi

Seshanba kungi savdolarda bir barrel neft narxi 114,83 dollargacha ko‘tarilgan, kechga yaqin 107,71 dollarga tushgandi. 

Foto: Getty Images

Jahon bozorida Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 109,41 dollarga yetdi

Seshanba kungi savdolarda bir barrel neft narxi 114,83 dollargacha ko‘tarilgan, kechga yaqin 107,71 dollarga tushgandi.

30 mart kuni neft narxi 1,6 foizga oshib, 109,41 dollarni tashkil etdi.

WTI rusumidagi neftning bir barreli narxi 106,03 dollarga teng bo‘ldi.

Narx oshishiga YeI va AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha muzokara olib borayotgani to‘g‘risidagi xabarlar sabab bo‘ldi. 

YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya jahon neft va tabiiy gaz bozoridan imkon boricha tezroq ajratib qo‘yilishi kerak.  

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top