07:35 / 30.03.2022
14276

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ko‘ksaroydagi xiyobonga ko‘chat o‘tqazdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu yil O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganiga 30 yil, strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganiga 5 yil to‘ldi. 

“Ushbu nihol hamkorlik rivojida yangi davr boshlanayotgani, mushtarak ezgu niyatlarning ramzi bo‘ldi”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Qayd etilishicha, mazkur xiyobonda boshqa hamkor davlatlar rahbarlari ekkan daraxtlar ham bor.

Top