15:30 / 30.03.2022
12464

Sirdaryo viloyati IIB YHXB va yana bir necha tuman IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Viloyat IIB YHXB, shuningdek, Sirdaryo, Oqoltin, Sardoba va Xovos tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari o‘zgargan.

Foto: KUN.UZ

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, ichki ishlar vazirining tegishli buyruqlari bilan viloyat IIB YHXB, Sirdaryo, Oqoltin, Sardoba va Xovos tumanlari IIBga yangi boshliqlar tayinlangan.

Jumladan:

  • Islomov Sharof Abdurahmonovich Sirdaryo viloyati IIB JXX boshlig‘ining o‘rinbosari – Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha Sh.Islomov Sirdaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.
  • Sherqulov Jasurbek Mamatqulovich Sayxunobod tumani IIB boshlig‘i etib tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha J.Sherqulov Oqoltin tumani IIB boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelgan.
  • Javlonov Xurshid Ergashevich Oqoltin tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha X.Javlonov Sardoba tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
  • Podpolkovnik Abdullayev Oybek Turg‘unovich — Xovos tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha O.Abdullayev Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
  • Podpolkovnik Soibov Jasur Yashin o‘g‘li — Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha J.Soibov Sayxunobod tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Avvalroq Samarqand va Jizzax viloyatlarining bir qator shahar va tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgargandi.

 

Mavzuga oid
Top