14:21 / 01.04.2022
13984

Samarqandda talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlagani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Talaba qiz SamDUning kechki ta’lim yo‘nalishida ta’lim olgan va yotoqxonaning 6-qavatida yashagan.

Foto: KUN.UZ

2022 yil 29 mart kuni soat 2:00 larda Samarqand davlat universiteti ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan talaba qiz oliygoh yotoqxonasining 9-qavatidan o‘zini tashlagan va og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Universitetning kechki ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan qiz yotoqxonaning 6-qavatida yashagan. Universitetning yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori Shahzoda Negmatova talaba qizning hech kim bilan ziddiyatga bormagani, biroq o‘zi jur’atsizroq bo‘lganini aytgan.

Samarqand viloyati prokuraturasining xabar berishicha, talaba qizning o‘limi yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top