17:50 / 04.04.2022
8048

Saudiya Arabistoni Yaman hukumatiga 60 ming tonna yonilg‘i berdi

Yonilg‘i hukumat kuchlari nazorat qilayotgan aholi maskanlarini elektr bilan ta’minlaydigan elektr stansiyalari uchun mo‘ljallangan.  

Foto: Anadolu Agency

Saudiya Arabistoni Yaman hukumatiga elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirishi uchun 60 ming tonna yonilg‘i berdi. 

Xabar qilinishicha, yonilg‘i ortilgan kema Adan shahridagi Az-Zayt portiga yetib kelgan. 

Yonilg‘i hukumat kuchlari nazorat qilayotgan aholi maskanlarini elektr bilan ta’minlaydigan elektr stansiyalari uchun mo‘ljallangan.

Bir necha yildan buyon fuqarolar urushi davom etayotgan Yamanda yonilg‘i inqirozi kuzatilmoqda. 

BMTning Yamandagi maxsus vakili Hans Grundberg 1 aprel kuni Yaman hukumati va «Ansorulloh» harakati vakillari ikki oy muddatga havo, yerusti va dengiz operatsiyalarini to‘xtatishga kelishishganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid
Top