14:52 / 05.04.2022
17669

Borrel Yevroittifoq Rossiya gazi importiga umumiy taqiq qo‘ymasligini aytdi 

Ma’lum qilinishicha, Vengriya Rossiya gazi importiga taqiq qo‘yilishiga qarshi chiqqan. 

Foto: Getty Images

Vengriyaning pozitsiyasi tufayli Rossiya gazi importiga Yevropa darajasida taqiq qo‘yilmaydi. Bu haqda Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel COPE radiostansiyasiga bergan intervyusida aytdi

"Yakdil qaror qabul qilishning iloji yo‘q, chunki Vengriya qarorga veto qo‘yishini bildirdi", - dedi u.

"Bugun yangi sanksiyalar paketini tasdiqlamoqchimiz, ammo energetika masalasini hozircha muhokama qilyapmiz", - dedi Borrel.

5 aprel kuni YeI mamlakatlari iqtisodiyot va moliya vazirlari kengashi Rossiyaga nisbatan cheklovlar kiritish masalasini muhokama qiladi.

Top