07:26 / 05.04.2022
21791

Milliy gvardiya tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

G‘iyosiddin Sirojiddinov

Podpolkovnik G‘iyosiddin Sirojiddinov O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Qo‘riqlash bosh boshqarmasi jamoat xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashish va qo‘riqlanayotgan obektlarda huquqbuzarliklarning oldini olishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Baxtiyor Usmonov

Shuningdek, podpolkovnik Baxtiyor Usmonov O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Mavzuga oid
Top