10:18 / 05.04.2022
9420

Qozog‘iston hukumati 2022 yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishi bo‘yicha prognozni pasaytirdi

Qozog‘iston hukumati joriy yilda respublika yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini 3,9 foizdan 2,1 foizga tushirdi. Bu haqda mamlakat milliy iqtisodiyot vaziri Alibek Quantirovga asoslanib, «TASS» xabar bermoqda.

Foto: inform.kz

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida amaldor Qozog‘istonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi prognozini taqdim etdi.

2021 yil dekabr oyida yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi 3,9 foiz darajasida prognoz qilingan edi.

Qozog‘iston yalpi ichki mahsuloti hajmi 2021 yilda 4 foizga o‘sdi. 2020 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2,6 foizga kamaygan edi.

Yanvar voqealaridan so‘ng ekspertlar tartibsizliklar tufayli Qozog‘iston iqtisodiyotiga yetkazilgan zararning umumiy miqdorini hisoblab chiqdi. Korxonalar ishi to‘xtatilgan tartibsizliklardan keyin Qozog‘iston iqtisodiyotiga yetkazilgan zararning umumiy miqdori keyingi o‘zgarishlarga qarab 0,8–2,5 milliard dollarga yetishi mumkin.

Bundan oldin Qozog‘iston bug‘doy va un eksportini cheklashni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top