07:23 / 05.04.2022
2752

Uzbekistan Airways ikki yillik tanaffusdan so‘ng Parijga aviaqatnovlarni tiklaydi

Uzbekistan Airways AJ ikki yildan so‘ng Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tiklanayotgani haqida ma’lum qildi. 

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, ushbu shaharga parvozlar 2022 yil 29 apreldan boshlab 10 iyungacha, shuningdek 26 avgustdan 28 oktyabrgacha haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3 foiz chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Bundan oldin Uzbekistan Airways Toshkent – Dehli – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar bergandi

Top