15:20 / 06.04.2022
8757

Kobuldagi masjidlardan birida portlash sodir bo‘ldi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, masjid ichida bo‘lgan shaxslardan biri portlovchi qurilmani ishga tushirgan.  

Foto: RIA Novosti

Kobuldagi masjidlardan birida portlash sodir bo‘ldi. Ma’lumot berilishicha, portlash namoz vaqtida yuz bergan. 

The Khaama Press agentligining yozishicha, voqea poytaxtdagi eng katta masjidlardan biri Puli Hishti masjidida sodir bo‘lgan.  

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, masjid ichida bo‘lgan shaxslardan biri portlovchi qurilmani ishga tushirgan.  

Qurbon bo‘lganlar va yaralanganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot berilmagan.

Top