14:23 / 07.04.2022
6229

O‘zMU matematika fani bo‘yicha dunyoning Top-500 talik  universiteti reytingiga kirdi

Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” natijalarini e’lon qildi.  Unga ko‘ra, matematika bo‘yicha erishgan natijalari bilan O‘zbekiston Milliy universiteti dunyoning kuchli 500 talik universitetlari qatori (451-500 o‘rin)dan joy oldi.

Foto: KUN.UZ

Kecha, 6 aprel kuni «Quacquarelli Symonds» xalqaro reyting agentligi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini e’lon qildi.  

Matematika sohasida erishgan natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti ushbu reytingda dunyoning kuchli 500 talik universitetlari qatori (451-500 o‘rin)dan joy oldi.

«O‘zMU olimlarining Scopus bazasida indeksatsiya qilinadigan maqolalari soni, ularga iqtiboslik darajasining yuqoriligi, dunyo matematiklari tomonidan universitet akademik obro‘si yuqori baholanganligi xalqaro reytingda e’tirof etildi», – deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabarida.

Ma’lumot uchun, Quacquarelli Symonds’ning matematika fani bo‘yicha reytingida Top-5’talik natijalari quyidagicha bo‘ldi:

1. Massachusets texnologiya instituti (AQSh)

2. Stenford universiteti (AQSh)

3. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)

4. Harvard (AQSh)

5. Kaliforniya (AQSh)

Top