14:57 / 07.04.2022
5199

Yevropa kengashi Boku va Yerevan tinchlik shartnomasi tayyorlayotganini ma’lum qildi

6 aprel kuni Bryusselda Armaniston va Ozarboyjon yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi. 

Foto: Anadolu Agency

Boku va Yerevan ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik shartnomasi tayyorlashga kelishib oldi. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ma’lum qildi

Uning bayonotida aytilishicha, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan "tezroq tinchlik kelishuviga erishish niyatini bildirdi" va tashqi ishlar vazirlariga shartnomani tayyorlash topshirig‘ini berishga kelishib oldi.  

6 aprel kuni Bryusselda ikki mamlakat yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Aliyev va Pashinyan Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi kommunikatsiya infratuzilmasini tiklash masalasini ham muhokama qildi.

"Prezident Mishel temiryo‘llarni tiklash bo‘yicha qadamlarni olqishladi hamda Armaniston va Ozarboyjonni avtomobil yo‘llarini ham tiklash bo‘yicha samarali yechim topishga chaqirdi", - deyiladi Yevropa kengashi prezidenti bayonotida. 

Top