14:31 / 09.04.2022
24347

Pentagon: Rossiya Xarkov yaqiniga minglab harbiylarini joylashtirdi

Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina chegarasidan 40 km masofada joylashgan Rossiyaning Belgorod shahridagi taktik batalon guruhlari soni 40taga yetkazilgan. 

Foto: pledgetimes

Rossiya Donbassning sharqiy qismini nazoratga olish uchun kuch to‘plamoqda, Xarkov yaqiniga qo‘shimcha minglab harbiylarini olib keldi, deb xabar berdi DW.

AQSh mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina chegarasidan 40 km masofada joylashgan Rossiyaning Belgorod shahridagi taktik batalon guruhlari (har bir guruhda 600dan 1000 nafargacha askar va ofitserlar bor) soni 40taga yetkazilgan. 

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbining ma’lumot berishicha, Ukraina sharqida harakat qilishi rejalashtirilgan bo‘linmalar "o‘n minglab" askarlar bilan to‘ldirilmoqda. Uning fikricha, Moskva "60 mingdan ortiq askarni safarbar etishni rejalashtirgan".

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya Donbassda keng ko‘lamli hujumlar boshlashi haqida ogohlantirgandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top